Yangiliklar

Umra va Haj ziyoratiga boruvchilar uchun meningitga qarshi emlanish talabi saqlanib qolinmoqda

Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu talab bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi
Foto: Pexels.com

Oʻzbekistonda Umra va Haj ziyoratiga boruvchilar uchun meningitga qarshi emlanish talabi hanuz amalda. Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu talab bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligining talabi boʻyicha 2025-yildan boshlab Umra va Haj uchun keluvchi barcha ziyoratchilar meningitga qarshi emlanganlik sertifikatini taqdim etishi shart.

Sanepidqoʻmita Oʻzbekistonda ham ushbu talab rasman bekor qilinmaganini va yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda epidemiologik barqarorlikni saqlash maqsadida ziyoratchilarga meningitga qarshi emlanishni tavsiya etishini ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zangiotada litsenziyasiz Umra tashkil qilgan MChJ jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.