13-fevral kuni ob-havo 4-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Ba’zi hududlarda shamol bo‘lishi mumkin
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda 13-fevral kuni ob-havo biroz bulutli bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkentda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuqdan 1° iliqqacha, kunduzi esa 8-10° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s bo‘lib, harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi esa 0-5° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoi viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi esa 4-9° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi esa 5-10° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi esa 10-15° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 5-10 m/s bo‘lib, harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi esa 3-8° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi esa 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.

Shuningdek