Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi ilk marta 13 mingdan oshdi

14,88 so‘mga ortdi
Фото: Frederick Warren / Unsplash

13-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 14,88 soʻmga ortib, 13 003,93 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 925 – 12 970 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 990 – 13 065 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 79,16 soʻmga ortib, 13 554,02 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 5,03 soʻmga ortib, 143,20 soʻmga teng boʻldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.