Myunxenda avtomobil norozilik namoyishchilari ustiga haydab kirdi

eʼlon qilindi
Natijada 20 kishi tan jarohati oldi
Foto:  Sandra Demmelhuber / X

Myunxenda avtomobil byudjet xodimlarining norozilik namoyishiga kirib bordi. Bu haqda Bayerischer Rundfunk nashri xabar qildi.

Unga ko‘ra, hodisa natijasida kamida 20 kishi jarohat oldi. Ularning ba’zilari og‘ir ahvolda. Hodisa joyida politsiya, yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda.

Guvohlardan biri Bayerischer Rundfunk nashriga bergan intervyusida, avtomobil atayin norozilar guruhiga kirib borganini aytdi. Shuningdek, politsiya ikki erkak bilan otishmalarga kirishgani, ulardan biri o‘ldirilgani haqida ma’lumot berilgan.

Politsiya vakili Tomas Shelxorn esa ushbu hodisa yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek