Samarqandda «zapravka» 553 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqandda viloyati Pastdarg‘om tumanidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi 553 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Pastdarg‘omdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi (Ch.F.B MCHJ) elektr tarmog‘iga hisoblagichsiz ulanib, 204 ming kVt⋅soat energiya sarflaganligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazildi.
Shuningdek, 3–7-fevral kunlari o‘tkazilgan tadbirlar davomida 20 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 1 mlrd 866 mln so‘mdan ortiq zarar undirilgan.
Esatib o‘tamiz, avvalroq qariyb 18 milliard so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgan edik.