Samarqandda mebel ustaxonasi noqonuniy mayning bilan shug‘ullangan

eʼlon qilindi
Bu orqali 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-taroj qilindi
Foto: Bosh prokuratura

Samarqand shahridagi oilaviy korxonasi rahbari va korxonaga qarashli mebel ustaxonasining ustasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali noqonuniy mayning faoliyatini olib borgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ustaxona bu orqali 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.

Foto: Bosh prokuratura

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari va ustaga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasining 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Bosh prokuratura

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Samarqandda mayning ferma deyarli 29 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlangan edi.

Shuningdek