
17 yoshida ayollar o‘rtasida grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan Gulruhbegim Toxirjonova O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, haxmatga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi va mehnatining samarasini yana bir bor namoyish etdi. Bugun, O‘zbekiston Xalqaro shaxmat akademiyasida, yulduz grossmeyster Vataniga qaytganidan so‘ng, jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi. 15 yil davomida shaxmatni o‘rganib, jahonning nufuzli turnirlarida muvaffaqiyat qozongan Gulruhbegim, o‘zining eng katta orzusini amalga oshirganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIDE Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Grand Swiss» musobaqasi sanalarini e’lon qilgan edi.