Yangiliklar

Tadbirkorlar uchun 12 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi mumkin

Loyiha amaldagi 3 ta kodeks va 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi
Foto: pichetw / www.depositphotos.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Unda tadbirkorlik subyektlariga tegishli 12 turdagi litsenziya, ruxsatnoma va xabarnoma olish talabini bekor qilish taklif etilgan.

Shuningdek, litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlarini yanada soddalashtirish maqsadida arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratilishi belgilanmoqda.

Loyiha amaldagi 3 ta kodeks va 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, 4 ta litsenziya va ruxsatnoma xabardor qilish tartibiga o‘tkazilishi, 1 ta xabarnoma ruxsat berish tartibiga aylantirilishi, 2 ta litsenziya uchun xulosa olish talabi bekor qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 3 ta ruxsat berish tartib-taomili «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiqlashtirilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxtdagi yana bir MChJ litsenziyasiz umra xizmati uchun jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.