
12-fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham telefon orqali gaplashdi.
Zelenskiyning aytishicha, ular tinchlikka erishish imkoniyatlari, Ukrainaning texnologik imkoniyatlari, jumladan, dronlar va boshqa ilgʻor sohalar haqida suhbatlashgan. Shuningdek, Trampning hamkorlikka tayyorligini qayd etdi.
Tramp suhbat tafsilotlarini Truth Social sahifasida eʼlon qilib, suhbatni «juda yaxshi» deb baholadi. U ham Putin kabi tinchlik oʻrnatishni xohlashini aytdi.
Tramp, shuningdek, 14-fevral kuni Myunxenda boʻlib oʻtadigan uchrashuv haqida gapirdi. Unda vitse-prezident Jey Vens va Davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etadi. Tramp bu uchrashuvdan ijobiy natijalar kutayotganini va urushni toʻxtatish vaqti kelganini taʼkidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp poʻlat va alyuminiyga yangi bojlar joriy qilayotgani haqida xabar bergan edi.