Yangiliklar

Turkiya kompaniyasi Yangi Namangan tumaniga $20 million sarmoya kiritadi

Tuman hokimi va Prefabrik & Celikyapı kompaniyasi memorandum imzoladi
Foto: O‘zA

Turkiyaning Prefabrik & Celikyapı kompaniyasi «Yangi Namangan» hududiga $20 mln sarmoya kiritadi. Bu haqda O‘zA agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha memorandum Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning kompaniya vakili bilan uchrashuvida imzolangan.

Ma’lumot uchun, Yangi Namangan tumani 2021-yilning may oyida O‘zbekiston Hukumatining qarori asosida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya O‘zbekistonliklar tomonidan eng foydali hamkorlik qilinadigan beshta mamlakatdan biri sifatida tan olingan.