Gadjetlar

Xiaomi 15 Ultra kamerasi bilan olingan ilk surat e’lon qilindi

Rasmiy premyera shu oy oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
Foto: Digital.bg

Xiaomi bosh direktori Ley Zun Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida hali rasman taqdim etilmagan Xiaomi 15 Ultra smartfonining kamerasi yordamida olingan ilk suratni e’lon qildi. Ushbu flagman Samsung Galaxy S25 Ultra va iPhone 16 Pro Max bilan raqobatlashib, eng yaxshi kamerali smartfon bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Foto: Ley Zun Weibo

Xiaomi 15 Ultra 200 megapikselli periskop moduli, EGF 100 mm va F/2,6 diafragmali obyektiv bilan jihozlangan. Bu esa 4,3x optik kattalashtirish imkonini beradi.

Qurilmaning texnik xususiyatlariga kelsak, u Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori, 16 Gb tezkor va 512 Gb flesh-xotira, 6000 mA/soat akkumulyator bilan ta’minlanadi. Smartfon 90 Vt simli va 50 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi 15 Ultra Xitoyda oldindan buyurtma qilish uchun ochilgan bo‘lib, flagmanning rasmiy premyerasi shu oy oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi fevral oxirida ikkita Ultra modelini rasman taqdim etishi haqida xabar bergan edi.