Xitoyning qaysi elektromobillari eng ishonchli hisoblanadi

13-fevral 2025 11:26 eʼlon qilindi

(13-fevral 2025 21:18 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Foto: hampapon1/depositphotos

LandRoads kompaniyasi Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi energiya bilan harakatlanuvchi avtomobillar (NEV) sifati bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Eng kam muammoli avtomobil Mercedes-Benz ekani ma’lum bo‘ldi. BYD va Zeekr rusumlarining ishonchliligi esa o‘rtachadan yuqori darajada ekanligi aniqlandi.

Kompaniya Xitoydagi 67 ta NEV brendining 7,8 mingdan ortiq egalari orasida so‘rov o‘tkazdi va iste’molchilarning avtomobillari bilan bog‘liq muammolar soni va jiddiyligini aks ettiruvchi mahsulot sifati xavfi indeksini tuzdi. Indeks qanchalik past bo‘lsa, ishonchlilik shunchalik yuqori bo‘ladi.

Mercedes-Benz eng past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi – 33. Ikkinchi o‘rinda 79 ball bilan Xiaomi SU7. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni BMW va Arcfox egallagan. Sifat xavf indekslari mos ravishda 80 va 93. Ushbu to‘rtta brend sifat xavfi indeksi 100 dan past bo‘lgan yagona brenddir.

Foto: Wikipedia

Barcha brendlar bo‘yicha o‘rtacha 186 ballni tashkil etdi. Bu «chizig‘»dan pastroqda O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan BYD va Zeekr mos ravishda 151 va 175 ball, undan yuqoriroqda Wuling (204), Dipal (205) va Chery (241) joy olgan.

Luxeed, Dongfeng va Fangchengbao mos ravishda 429, 447 va 453 ball olgan eng ishonchsiz deb topildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy avtomobil bozorida 2024-yilda BYD daromad bo‘yicha birinchi, Mercedes-Benz va Volkswagen mos ravishda 2-3-o‘rinlarni egallagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek