
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi esa 7-9° iliq bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim joylarida qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi esa 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiyda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi esa 3-8° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi esa 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryoda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi esa 8-13° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi esa 3-8° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi esa 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.