
Angliya kubogining 4-davra yakunlaridan so‘ng Sofascore ramziy terma jamoani e’lon qildi. Unda «Manchester Siti» jamoasida o‘ynayotgan o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov ham bor.
U 7.8 ball to‘pladi, bu esa uni bosqichning eng yaxshi o‘yinchilari orasiga kiritdi. Jamoada eng yuqori reytingni «Millwall» jamoasining darvozaboni L. Roberts oldi – 9.2 ball.

Ramziy terma jamoada, shuningdek, «Newcastle», «Tottenham», «Aston Villa» va «Cardiff City» jamoalari o‘yinchilari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu 2024-yilda eng ko‘p daromad olgan sportchi deb topilgan edi.