
Chery va Aimoga kompaniyalari DeepSeek tizimi bilan jihozlangan yangi robotlarini yaqinda sotuvga chiqarmoqda. Bu haqda Mobile Review nashri ma’lum qildi.
Dastlab ular avtomobil salonlarida mijozlarga yordam berish uchun ishlatiladi. 2025-yilning birinchi yarmida xalqaro bozorga chiqishi rejalashtirilgan robotlar, odamlar, robotlar va transport vositalarini birlashtiradigan intellektual ekotizim yaratishni maqsad qilmoqda.

Hamkorlikning maqsadi Aimoga robotlarining ovozli boshqaruv imkoniyatlarini rivojlantirish uchun DeepSeek platformasining ilg‘or AI modellari yordamida ishlashdir. Garchi Tesla va Ilon Mask o‘zining Optimus robotlari bilan kechikib qolgan bo‘lsa, Chery’ning DeepSeek tizimli robotlari tez orada bozorga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery Tiggo 5x Excellence Edition sotuvga chiqarilganini yozgan edik.