Isroil O‘zbekiston fuqarolari uchun treninglar tashkil qiladi

eʼlon qilindi
Treninglar savdo, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, innovatsiyalar va farmatsevtika sohalari bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan
Foto: Dunyo

Isroil hukumati O‘zbekiston mutaxassislari uchun bir qator treninglar tashkil etishga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova va Isroil elchisi Gideon Lustig o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi, deb xabar beradi «Dunyo» axborot agentligi.

Treninglar savdo, qishloq xoʻjaligi, turizm, ta’lim, innovatsiyalar va farmatsevtika sohalari boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlarga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni taklif etish rejalashtirilgan.

Tadbirlar Isroil xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan tashkil etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat Isroil bilan Svi Kogan ishi bo‘yicha hamkorlik qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek