Myunxenda AQSh, Ukraina va Rossiya vakillari uchrashuvi o‘tkaziladi – Tramp

eʼlon qilindi
Ukrainadagi urush masalasi bo‘yicha
Foto: Respobsible statecraft

AQSh, Ukraina va Rossiya hukumatlari vakillari Ukrainadagi harbiy konfliktni hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada ishtirok etadilar. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya yozmoqda TASS agentligi.

«Ertaga Myunxenda uchrashuv bo‘ladi. Kim bo‘lishini aniq bilmayman, ammo Rossiya, Ukraina va AQShdan yuqori lavozimli rasmiyning ishtirok etishi kutilmoqda», – dedi Tramp.

Davlat rahbari, shuningdek, yaqin kelajakda bu uchrashuv bo‘lmasligini aytgan holda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Zelenskiy va Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi.

Shuningdek