O‘zbekiston Tojikiston bilan ittifoqchilik shartnomasini ratifikatsiya qildi

eʼlon qilindi
Tomonlar o‘tgan yilning aprel oyi o‘rtalarida Dushanbeda ittifoqchilik shartnomasini imzolagan edi
Foto: Prezident axborot xizmati

O‘zbekiston Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Hujjatni tasdiqlovchi qonunni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Tomonlar o‘tgan yilning aprel oyi o‘rtalarida Dushanbeda ittifoqchilik shartnomasini imzolagan edi. Hujjat shu yilning noyabr oyi oxirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. U shu yilning yanvar oyida Senat tomonidan ma’qullangan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida 1992-yil 22-oktabrda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan.

2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $702,7 mln.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda mazkur ko‘rsatkich $760,9 mln.ni tashkil qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Freedom Tojikistonda raqamli bank ochishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek