Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi

eʼlon qilindi
10,80 so‘mga pasaydi
Фото: Pixabay

14-fevral kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 10,80 soʻmga pasayib, 12 993,15 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 930 – 12 980 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 13 005 – 13 065 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shuningdek, yevro 65,40 soʻmga ortib, 13 619,42 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,67 soʻmga ortib, 143,87 soʻmga teng boʻldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollarning rasmiy kursi ilk marta 13 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek