![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-515.png)
Tojikistonda «Vilaayat Xuroson» bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘tgan yili festivalda ishtirokchilarni zaharlashga uringani uchun 8 dan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasiga tayanib, Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tojik prokuraturasi ayblanuvchilarning o‘tgan yil mart oyida Vahdat shahrida, Dushanbedan sharqda joylashgan kichik shaharda, Navro‘z bayrami ishtirokchilarini ovqat orqali zaharlashga uringanini aytgan.
Jinoyat uchun qancha odam hukm qilingani aniq emas. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu shaxslar 30 dan ortiq, yana o‘n kishilar qidiruvga berilgan.
Eslatib o‘tamiz, aynan «Vilaayat Xuroson» 2024-yil 22-martda Moskva shahridagi «Krokus Siti Xol»da ro‘y bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi.