![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/12/image-393-1024x653.png)
Bir qator mas’uliyati cheklangan jamiyatlar mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritildi va hisob ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Milliy mikromoliya tashkiloti MChJ, Asaka finance garant mikromoliya tashkiloti MChJ, Xalq mikromoliya tashkiloti MChJ, SQB mikromoliya tashkiloti MChJ, Turon mikromoliya MChJ, Biznesni rivojlantirish mikromoliya tashkiloti MChJ, Aloqa finance development mikromoliya tashkiloti MChJ, Microfinance service MChJ, Cash point MChJ, Almizan mikromoliya tashkiloti MChJ, Tayan MChJlar shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi oshgani haqida yozgan edik.