15-fevral kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Pexels.com

15-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi. Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida esa kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida ertalab qor yog‘ishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, harorat 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Shuningdek