Bekobodda 11,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘riligi fosh etildi

eʼlon qilindi
Foto: Bosh prokuratura

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan «G‘.O.» MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Kompaniya vakillari gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir o‘tkazish orqali 11,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘zlashtirgan.

Foto: Bosh prokuratura

Mazkur holat yuzasidan kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda mebel ustaxonasi noqonuniy mayning bilan shug‘ullangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek