Biznes 2025-yil I chorakda energiya iste’moli va yuk tashish hajmining oshishini kutmoqda
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/depositphotos_221405372_l-1024x682.jpg)
O‘zbekiston Markaziy bankining 2024-yil IV choragi bo‘yicha biznes kayfiyati hisobotiga ko‘ra, tadbirkorlar 2025-yilning I choragida yoqilg‘i va energiya iste’moli hajmining oshishini prognoz qilmoqda.
Ushbu o‘sish, ayniqsa, kommunal xizmatlar, umumiy ovqatlanish va qurilish sohalarida sezilarli bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, yuk tashish hajmi bo‘yicha ijobiy kutilmalar ulushi avvalgi chorakka nisbatan oshib, 47 foizga yetgan (III chorakda 40 foiz).
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/markaziy-bank-prognozi.png)
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab tibbiyot, ta’lim, umumiy ovqatlanish va qurilish sohalarida ortishi kutilmoqda, lekin ishlab chiqarish va buyurtmalar hajmi bo‘yicha ijobiy prognozlar biroz pasaygan.
Bundan tashqari, ta’lim, tibbiyot va umumiy ovqatlanish sohalarida kredit mablag‘lariga bo‘lgan talab ortishi prognoz qilinmoqda. Biroq tadbirkorlarning mamlakat iqtisodiyoti va biznes istiqbollari bo‘yicha kutilmalari biroz pasaygan bo‘lib, bu ko‘rsatkich jami respondentlarning 56 foizini tashkil etmoqda (III chorakda 62 foiz).
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion so‘m kredit ajratish rejalashtirilayotgani haqida yozgan edi.