Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan miting aslida Huawei yugurish aksiyasi bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik fuqarolar Toshkent shahar, Chilonzor tumani Milliy bog‘da bannerlar bilan yig‘ilib, «miting» o‘tkazayotgani haqidagi yolg‘on xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi ushbu ma’lumotlarni rad etib, voqeaning asl mohiyatini tushuntirdi. Bu haqda UzA ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 15-fevral kuni «Huawei» kompaniyasi ishchilari odatdagidek shanba va yakshanba kunlari o‘tkaziladigan yugurish aksiyasida ishtirok etgan. Ular sport targ‘ibotiga qaratilgan bannerlar bilan qatnashgan bo‘lib, bannerlarda xitoy tilida «Sport sog‘liq garovi, siz ham yugurib sog‘lom bo‘ling» degan yozuvlar aks etgan.
Ichki ishlar vazirligi ushbu tadbir noqonuniy yig‘ilish yoki miting emasligini, aksincha, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan sport aksiyasi ekanini qayd etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda noqonuniy diniy jamoat fosh etilgani haqida xabar bergan edi.