Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga boradi

eʼlon qilindi
Foto: Prezident axborot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-18-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Kuvayt Davlatida bo‘ladi. Bu haqda Prezident axborot xizmati malum qildi.

Tashrif Kuvayt Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Tashrif doirasida Al-Kuvayt shahrida muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston va Kuvayt hukumati a’zolari, kompaniya hamda bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, savdo, investitsiya, innovatsiyalar, «yashil» energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek