Uzcard SMS-xabarnoma xizmati narxi 1-martdan ikki baravar oshadi
eʼlon qilindi
Xizmat narxi 168,4 so‘mni tashkil etadi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/05/uzcard-1024x768.jpg)
Uzcard plastik kartalari bo‘yicha 5800 raqamidan keladigan SMS-xabarnoma xizmati 2025-yil 1-martdan boshlab qimmatlashadi. Yangi tarifga ko‘ra, xizmat narxi 168,4 so‘mni tashkil etadi, bu avvalgi narxga nisbatan ikki baravar ko‘p.
Mazkur o‘zgarish Play Mobile rasmiy veb-saytidagi (https://playmobile.uz/terms/) shartlarda ko‘rsatilgan. Shu sababli Uzcard foydalanuvchilari mart oyidan boshlab ushbu xizmat uchun yuqoriroq to‘lov amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzcard va Hamkorbank naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini rivojlantirishi haqida xabar bergan edi.