Nodirbek Abdusattorov NAVI shaxmat jamoasiga qo‘shildi
eʼlon qilindi
Saudiya Arabistonidagi Esports World Cup musobaqasida ishtirok etish uchun

Grosmeyster Nodirbek Abdusattorov Ukraina kiber sport jamoasi NAVI’ga qo‘shildi. Bu haqda jamoa rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu jamoa dunyodagi eng nufuzli kiber sport jamoalaridan biri bo‘lib, Counter Strike, Dota 2 va PUBG kabi o‘yinlarda yirik g‘alabalarga erishgan. NAVI shaxmat jamoasi Nodirbek Abdusattorov (dunyo reytingida 6-o‘rinda), amerikalik Uesli So (11-o‘rinda) va ukrainalik Oleksandr Bortnik (166-o‘rinda)dan iborat.
Ma’lumot uchun, jamoa Saudiya Arabistonidagi Esports World Cup musobaqasida $1,5 mln mukofot uchun kurashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov turnirlarda qancha pul ishlab olgani haqida yozgan edik.