O‘zbekistonda «Saudiya madaniyati kunlari» tashkil etiladi

eʼlon qilindi
2026-yilda
Foto: Madaniyat vazirligi

Jidda shahrida Islom dunyosi Madaniyat vazirlarining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tadbirda ishtirok etdi, deya yozmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, vazirning Saudiya Arabistoni madaniyat vaziri shahzoda Badir bin Abdulloh bin Muhammad bin Farxon Al Saud bilan o‘tgan uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. O‘zbekistondan Saudiya Arabistonining nufuzli madaniy tadbirlarida, jumladan, Qizil dengiz xalqaro kinofestivali va Riyod mavsumida faol ishtirok etayotganligi qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy almashinuv dasturlari, ta’lim va madaniyatga investitsiyalar, shuningdek, arab kalligrafiyasi bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 2025-yilda Riyodda «O‘zbekistondagi madaniyat kunlari», 2026-yilda Toshkentda esa «Saudiya madaniyati kunlari»ni tashkil etish rejalashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda Orol madaniyat sammiti bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek