O‘zbekistonning 10 ta shahridan Moskvaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Uzbekistan Airways O‘zbekistonning 10 ta shahridan Moskvaga aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra Namangan, Farg‘ona, Nukus, Urganch, Termiz, Qarshi, Samarqand, Navoiy va Buxorodan aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkentdan esa Domodedovo va Vnukovo aeroportlari orasida tanlov imkoniyati taqdim etiladi.
Parvozlar jadvali va aviachiptalarning narxi bilan www.uzairways.com saytida yoki Uzbekistan Airways mobil ilovasida batafsil tanishish mumkin.
Chipta narxlari ekonom klass uchun 2 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha, biznes klass uchun esa 9 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistondagi xalqaro aeroportlarda yo‘nalishlar soni 15 foizga oshgani haqida yozgan edik.