Yanvar oyida yirik soliq to‘lovchilarining tushumlari yarim trillionga qisqardi

2025-yilning yanvarida 2024-yilning shu davriga nisbatan soliq tushumlari sezilarli darajada qisqardi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, joriy yil yanvar oyida 959 ta yirik soliq to‘lovchisi 8,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lovini amalga oshirdi. O‘tgan yili soliq to‘lovchilar soni 2 186 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 2024-yil yanvar oyida ulardan 9 trln so‘mga yaqin soliq tushumlari olingan edi.
Jumladan, NKMK soliq tushumlari 2,4 trln so‘mdan 2,1 trln so‘mga tushgan, OKMK esa 706,4 mlrd so‘mdan 639,1 mlrd so‘mga qisqargan. «Uzbekneftgaz» beradigan soliq 496,5 mlrd so‘mdan 279,8 mlrd so‘mga, UzGasTrade’niki esa 343,1 mlrd so‘mdan 218,3 mlrd so‘mga qisqargan.

Shuningdek, Uztelekomning soliq tushumi kamaygan. Uning o‘rniga ro‘yxatga 116,5 mlrd so‘m soliq bilan «Aloqabank» ATB qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Servis sohasida yoshlar uchun yangi imtiyozlar joriy etilgani haqida xabar bergan edik.