Yangiliklar

17-fevral kuni havo harorati 4-17° iliq bo‘ladi

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi bor
Foto: Pexels.com

17-fevral kuni O‘zbekistonda ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Toshkentda kechasi 0-2° iliq, kunduzi esa 10-12° iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/s.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha bo‘ladi, kunduzi esa 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/s.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi, shamol tezligi 5-10 m/s.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi esa 0-5° iliq bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/s.