«Aloqabank» Angor tumani xizmat ko‘rsatish markaziga moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida «Aloqabank» ATning Angor tumani xizmat ko‘rsatish markazi tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik holatlari aniqlandi.
Mazkur qonunbuzarlik «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida»gi 104-sonli qarori talablariga zid bo‘lgani uchun hududiy boshqarma tomonidan maxsus komissiya ishi doirasida tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, «Aloqabank» ATning Angor tumani xizmat ko‘rsatish markaziga nisbatan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi va moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Aloqabank» «yoshlar banki»ga aylanishi haqida xabar bergan edi.