Botir Rahimov Tennis federatsiyasi raisi etib tayinlandi

O‘zbekistonlik tadbirkor va «Paxtakor» futbol klubining sobiq prezidenti Botir Rahimov O‘zbekiston Tennis federatsiyasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rahimov nomzodi Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ma’qullandi. Unga qadar bu lavozimda O‘zbekiston Milliy banki (NBU) boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatov bo‘lgan edi. Endi Mirsoatov O‘zbekiston Qishki sport turlari assotsiatsiyasiga raislik qilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasining raisligiga Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxuja Mavlonov tayinlandi. Uning o‘rinbosarlari etib Otabek Choriev, Andrey Abduvaliev va Kamoliddin Usmonov saylandi. Bosh kotib etib esa Kamoliddin Ruzmuhammedov tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasiga yangi rais saylangan edi.