Centrum Air samolyoti Namanganga qo‘na olmadi
eʼlon qilindi
C63338 reysi

Madinadan uchib kelgan Centrum Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot qalin tuman sababli Namanganda qo‘na olmadi. Bu haqda Tashkent Sky News Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ekipaj samolyotni zaxira maydonchasi bo‘lmish Farg‘ona aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, 17-fevral, dushanba kuni ertalab Namangan aeroportida qalin tuman kuzatildi. Ko‘rinish masofasi 0 metrni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Namangan aeroportidagi noqulay ob-havo sababli samolyot Farg‘onaga qo‘ndirilgan edi.