Germaniya o‘zbekistonlik qurilish va texnika sohasidagi mutaxassislarni ishga taklif qiladi

eʼlon qilindi
Kamida 2 yillik ish tajribasi talab etiladi
Foto: Pexels.com

Germaniya Federal bandlik agentligi, Hunarmandlar uyushmasi va Migratsiya agentligi hamkorligida «Germaniyada iqlim biznesi uchun kelajak iste’dodlari» dasturi ishga tushirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qurilish va texnika sohasidagi malakali mutaxassislar uchun 50 ta ish o‘rni ajratilgan.

Dasturda elektr, santexnika, qurilish texnologiyasi, betonchi, yo‘l quruvchisi kabi sohalarda ishlash uchun malakali mutaxassislar qatnasha oladi. Talablar orasida kamida 2 yil ish tajribasi va davlat tomonidan tan olingan kasb-hunar diplomi, 20 – 40 yoshdagi sog‘lom va sudlanmagan shaxslar bo‘lishi kerak.

Ishtirokchilar uchun nemis tilini o‘rganish imkoniyati, viza, aviachipta va boshqa xarajatlar qoplanadi. Ish haqi soatiga 12,8 yevrodan boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola orqali ariza qoldirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva o‘zbekistonlik haydovchi va avtomexaniklarni ishga taklif qilgan edi.

Shuningdek