
Toshkent davlat transport universitetida «Innovatsion relsli transport» kompetensiyalar markazi tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu markaz ANO DPO «TMX Korporativ Universiteti» bilan kelishuv asosida tashkil etilib, transport muhandisligi, ayniqsa, temir yo‘l va metro transporti sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda asosiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston transport qatnovida «E-Permit» tizimi joriy etilishi haqida yozgan edik.