Iqtisodiyot vazirligi oylik va pensiyalarning oshishi to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi
eʼlon qilindi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 1-martdan boshlab pensiya va maoshlar oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Iqtisodiyoti va moliya vazirligi bu kabi xabarlarning noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.
«Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz», – deydi vazirlik.
Ma’lum qilinganidek, maosh va pensiyalar haqida rasmiy ma’lumotlar faqat davlat idoralari tomonidan e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolar murojaatsiz pensiyaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida yozgan edik.