
Janubiy Koreya hukumati Xitoyning DeepSeek chat-boti faoliyatini toʻxtatdi. Qaror vaqtinchalik, biroq xizmat qancha muddatga bloklangani noma’lum. Bu haqda mahalliy Yonhap agentligi xabar berdi.
DeepSeekʼning toʻxtatilishiga Janubiy Koreya rasmiylarining xizmatdagi ma’lumotlarni yigʻish va boshqarishning shaffof boʻlmagan usullari haqidagi xavotirlari sabab boʻldi. Avvalroq DeepSeek Janubiy Koreyaning bir nechta idoralarini bloklagan edi.
Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni Hyundai xodimlari uchun DeepSeekʼga kirish yopilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan DeepSeek oʻzbekistonlik foydalanuvchilar orasida AppStoreʼdagi bepul ilovalar reytingida yetakchilik qilgani haqida xabar berdi.