O‘tgan yili Germaniyadan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilar soni qanchaga oshgani ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv Uzbekistan

Statistika agentligi tomonidan berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida Germaniyadan O‘zbekistonga 37,5 ming nafar turistlar tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 7,9 ming nafarga yoxud 26,4 foizga oshgan.

Agentlik tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilda Germaniyadan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy qismi, ya’ni 31,3 ming nafar (83 foiz) sayohat maqsadida tashrif buyurgan. Qarindoshlarini yo‘qlash (4,5 ming) va xizmat yuzasidan (1,6 ming) jami 6 mingdan ziyod turistlar kelgan. Tashrif buyuruvchilar orasida tijorat (80), o‘qish (43) va davolanish (8) maqsadida ham kelganlar bor.

Avvalroq Kursiv O‘zbekiston mamlakatga tijorat maqsadida qancha turist tashrif buyurganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek