Yangiliklar

O‘zbekiston va Kuvayt «aqlli» shaharlarni barpo etish sohasida hamkorlik qiladi

Sanoat, mehnat, sog‘liqni saqlash, san’at va madaniyat, turizm kabi sohalarda ham
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri shayx Mish’al as-Saboh Al-Kuvayt shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, muzokaralar davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi. Ular orasida sanoat, mehnat, sog‘liqni saqlash, san’at va madaniyat, turizm kabi sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni ko‘zda tutuvchi bitimlar mavjud.

Foto: President.uz

Shuningdek, «aqlli» shaharlarni barpo etish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga doir hujjat ham imzolandi.

Tomonlar 2025 – 2027-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi chora-tadbirlar dasturini ham qabul qildilar, bu esa ikki davlat o‘rtasida madaniy va iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Muzokaralarda, shuningdek, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yosh olimlar 10 yil muddatga foizsiz kredit olishlari mumkinligi haqida yozgan edik.