Oʻzbekistonda mehnat ta’tiliga haq toʻlashda yakshanba kuni hisobga olinmaydi

eʼlon qilindi
Mehnat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Foto: FREEMAN83 / depositphotos.com

Oʻzbekistonda har yilgi mehnat ta’tili uchun haq toʻlashda endi yakshanba kuni inobatga olinmaydi. Prezident tomonidan imzolangan qonunga binoan, Mehnat kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Shuningdek, ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning davomiyligi 12 oylik davrda jami 3 oydan oshmasligi kerakligi belgilandi. Endilikda 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar oʻrindoshlik asosida ishlay olmaydi, shuningdek, noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda oʻrindoshlik qilish taqiqlanadi (sogʻliqni saqlash tizimi xodimlaridan tashqari).

Bundan tashqari, 12 yoshga toʻlmagan ikki yoki undan ortiq bolasi yoki 16 yoshgacha nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalardan biriga har yili kamida 14 kalendar kungacha ish haqi saqlanmagan ta’til beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan homilador yoki farzandi bor ayollarni ishdan boʻshatish taqiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek