Sport

«Roma» safarda «Parma» ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi

Eldor Shomurodov 90 daqiqa maydonda harakat qildi
Foto: fcroma.com

Italiya A seriyasining navbatdagi turida «Roma» safarda «Parma» jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 33-daqiqada Matias Sule kiritdi va ushbu epizodda Eldor Shomurodov muhim rol o‘ynadi, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

O‘yinning 31-daqiqasida «Parma» futbolchisi maydondan chetlatildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «Roma» to‘pni 72% nazorat qilgan va raqib darvozasi tomon 16 ta zarba yo‘llagan. «Parma» esa atigi 5 ta zarba bilan cheklanib qoldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng rimliklar ochkolari sonini 37 taga yetkazib, turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov Angliya kubogining ramziy terma jamoasiga kiritilgani haqida xabar bergan edi.