
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif doirasida Al-Kuvayt shahrida muzokaralar, shuningdek, ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga borishi haqida xabar bergan edi.