Energetika tizimining yetti nafar xodimiga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi
eʼlon qilindi
Bu haqda 14-fevral kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxruh Aminov rahbarligida energetika sohasiga oid tanqidiy yig‘ilishda ma’lum qilindi

Samarqandda korrupsion jinoyatga aloqador deya baholangan yetti nafar xodimga qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda 14-fevral kuni Bosh prokuror oʻrinbosari Shoxruh Aminov rahbarligida energetika sohasiga oid tanqidiy yigʻilishda ma’lum qilindi.
Unda sohaga oid mutasaddilar, tuman va shahar filiallari xodimlari ishtirok etdi. Yigʻilish soʻngida tizimda oʻzgarishlar qilish, xodimlar orasida profilaktika choralarini kuchaytirish boʻyicha yangi topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda «zapravka» 553 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangani haqida yozgan edik.