Kreditni 0% bilan olish mumkinmi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqda bu kabi e’lonlar tarqalmoqda
Foto: Cyber102

Ijtimoiy tarmoqlarda «5 daqiqa ichida 100 million so‘mgacha 0% kredit oling» degan yolg‘on e’lonlar tarqalmoqda. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday takliflar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va firibgarlik sxemasining bir qismidir. Firibgarlar kredit rasmiylashtirish bahonasida havola qoldirib, foydalanuvchilarni shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilishga undaydi. Havolaga bosgan kishilar qurilmalariga zararli dastur o‘rnatilishi yoki shaxsiy hisoblari o‘g‘irlanishi mumkin.

«Fuqarolar bunday yolg‘on takliflarga aldanmasliklari, kreditni faqat rasmiy banklar orqali rasmiylashtirishlarini tavsiya qilamiz. Agar kimdir firibgarlarga uchrab, moddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa, darhol 102 yoki 1102 qisqa raqamlariga murojaat qilish tavsiya etiladi», – deyiladi Kiberxavfsizlik xabarida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alisher Usmonov 17 mln so‘mdan pul tarqatayotgani haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek