18-fevral kuni havo harorati o‘rtacha 5-10° iliq bo‘ladi

18-fevral kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya yozmoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Toshkent shahri va yaqin atrofida kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi esa 12-14° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa kuchayib 13-18 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliq, kunduzi esa 6-11° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi esa 8-13° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi esa 10-15° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi esa 10-15° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliq, kunduzi esa 8-13° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi esa 5-10° iliq bo‘ladi.