Davlat o‘zining yirik ikkita aktivini 216 mlrd so‘mga sotdi

eʼlon qilindi
Xususiylashtirish natijalari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlandi
Foto: SergeyNivals / www.depositphotos.com

Davlat aktivlarini xususiylashtirish doirasida umumiy qiymati 216 mlrd so‘m bo‘lgan ikkita yirik aktiv xususiy investorlarga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarni boshqarish agentligi ma’lum qildi.

«Avtokomponent» MCHJ ustav kapitalidagi 98,8 foiz davlat ulushi 105 mlrd so‘mga «Uz-Dong Won Ko» O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasiga sotildi. Xaridor 10 yil davomida korxonaning asosiy faoliyatini saqlab qolish hamda «General Motors» bilan texnik hamkorlik shartlariga rioya qilish majburiyatini oldi.

«Trest-12» AJ ustav kapitalidagi 51,12 foiz davlat ulushi esa 111 mlrd so‘mga «Delta Global Dynamics» MCHJ tomonidan sotib olindi. Xaridor 2 yil davomida ish o‘rinlarini saqlab qolish va ish haqi fondini kamaytirmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.

Xususiylashtirish natijalari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda banklarni xususiylashtirish kechroq muddatga qoldirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek