Devor tagida qolib ketgan mahkum vafot etdi
eʼlon qilindi
U shifoxonada vafot etgan

7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum 11-fevral kuni bino buzish jarayonida devor qulashi natijasida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mahkum devor tagida qolib ketgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay u 16-fevral kuni shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ish vaqtida vafot etgan xodimning oilasiga qariyb 486 million so‘m to‘langanligi haqida xabar berilgan edi.