Huawei Mate XT uch buklamali smartfoni sotuvga chiqardi

Huawei yangi uch buklamali, 10 dyuymli buklanuvchi ekranga ega Mate XT smartfonini taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena sahifasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qurilma 3,6 mm qalinlikda bo‘lib, to‘liq buklanganda 12,8 mm ga yetadi. Ekran LTPO OLED texnologiyasiga ega. 3184 × 2232 piksel o‘lcham va 90 Gs yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mate XT uch xil displey rejimini taklif qiladi: buklangan holatda 6,4 dyuym, yarim ochiq holatda 7,9 dyuym va to‘liq ochilganda 10,2 dyuym.

Qurilmaning korpusi metall va sun’iy charm bilan qoplangan bo‘lib, ilgak mexanizmi istalgan burchakda mahkamlash imkonini beradi. Kamera tizimi 50MP asosiy sensor, 12MP periskop linzasi va 12MP ultra-keng obyektivdan iborat.

Smartfon Kirin 9010 chipsetida ishlaydi, 16GB tezkor xotira va 1TB saqlash hajmiga ega. 5600 mAh sig‘imli akkumulyator 66Vt simli va 50Vt simsiz quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma Xitoyda 19 999 CNY (taxminan $2800) narxda sotuvga chiqariladi, ammo global miqyosda chiqarilishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei va Chery Luxeed R7 EREV avtomobilini taqdim etgan edi.